22 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,8 °C

Transport
27 Iyul  2019 411

Yangi aeroportda “Humo” qushi shaklida terminal quriladi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda “Mabetex Group” tarkibiga kiruvchi “B&A Contractors SA” va “IT Engineering SA” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi jamiyat matbuot xizmati.

 

Unda asosan “Toshkent-Sharqiy aerodrom bazasi asosida zamonaviy fuqarolik aviatsiyasi aeroport kompleksini qurish” loyihasi doirasidagi  “Terminal-2” ni barpo etishda hamkorlikda ish olib borish, zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish masalasida so‘z yuritildi.

Xususan, soatiga 1000 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega tadbirkor va ishbilarmon doira vakillari uchun  zamonaviy kompleks (Terminal-2) ni loyihalashtirish va qurish uchun shartnoma imzolandi.

Yangi terminalning loyihasi “Humo” qushi shaklida ishlab chiqilgan bo‘lib, mutaxassislar terminalning funksional maqsadi, yaratiladigan sharoit va qulayliklarga alohida e'tibor qaratishgan. Loyihada Terminal-2 binosi barcha klass (VIP va IP) dagi yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishi inobatga olingan.

Funksional maqsad va rejalashtirish yechimi O‘zbekiston Respublikasi hududidagi amaldagi me'yorlar va standartlarga, shuningdek, IATA va IKAO xalqaro talablariga muvofiq ishlab chiqilgan.

2-Terminal binosi uch qavatdan iborat. Inshootning umumiy zalida restoranlar, chakana savdo do‘konlari va ma'lumot punktlari, avia kassalar, valyuta ayirboshlash shoxobchalari va boshqalar o‘rin olgan. Yo‘lovchilarni kutish zalida “Duty free” do‘konlari va restoranlari mavjud.

Yangi terminal xalqaro talablarga javob beradigan zamonaviy muhandislik va texnologik uskunalar bilan jihozlanadi. Yuklarni qabul qilishning avtomatlashtirilgan tizimi, o‘z-o‘zini nazorat qilish peshtaxtalari, tekshirishning maxsus texnik vositalari, maxsus terminallarni boshqarish tizimi, teleskopik narvonlar, samolyotlarning avtoturargoh tizimi, ma'lumot taxtalari va boshqalar.

Zamonaviy majmua qurilishi ikki yil ichida amalga oshiriladi, uni 2021-yil sentyabrda yakunlash rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, hozirda majmuaning uchish-qo‘nish yo‘laklarini barpo etishda beton ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, aeroport 1-yo‘lakining 2-qatlamini qurish ishlari Germaniyaning “WIRTGeN” nomi ostida ishlab chiqarilgan mashinasi yordamida bajarilyapti.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech