18 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +19,2 °C

Sport
3 Iyun  2019 873

“Humo arena”da xokkey bo‘yicha xalqaro musobaqa boshlandi

Kecha “Humo arena” sport kompleksida xokkey bo‘yicha xalqaro musobaqa boshlandi. 2008-yilgacha tug‘ilgan bolalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan mazkur turnirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Latviyadan jami 5 jamoa g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda, deb xabar beradi MOQ matbuot xizmati.

Mazkur turnirning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston xokkey federatsiyasi rahbariyati so‘zga chiqib, musobaqaning yurtimizda xokkeyni rivojlantirishdagi ahamiyati va uning yuqori saviyada tashkillashtirilganiga alohida urg‘u berib o‘tishdi.

Reglamentga ko‘ra, musobaqada yurtimiz sharafini himoya qilayotgan “Tashkent siti” va “Binokor” jamoalari 2 tadan bahs olib borishdi. “Binokor” har ikkala uchrashuvda g‘alaba qozonib, yetakchilikni qo‘lga oldi.

“Tashkent siti” – “Alg‘a” (Qirg‘iziston) 1:2
“Qaysar” (Qozog‘iston) – “Binokor” 1:12
“Tashkent siti” – “Binokor” 1:4

“Qaysar” va “Alg‘a” jamoalarini mag‘lubiyatga uchratgan Latviyaning “Riga” jamoasi hisobida ham 2 ta g‘alaba mavjud. Bugun ikki yetakchi “Binokor” hamda “Riga” jamoalari o‘rtasidagi bellashuv kunning markaziy uchrashuvi bo‘lishi shubhasiz.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech