20 Aprel 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14,7 °C

Madaniyat
2 Aprel  2019 571

Hukumat qarori bilan Madaniyat markazlari to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, tuman va shaharlarda bittadan markaziy madaniyat markazlari, qishloq va shaharlarda ham aholi soni 7 mingdan ortiq bo‘lganda madaniyat markazlari tashkil etiladi, deb xabar bermoqda “Huquqiy axborot” kanali.

 

Markazlarning asosiy vazifasi madaniy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va aholining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tishini ta'minlashdan iborat.

Markazlar madaniyat boshqarmalari va bo‘limlari tomonidan tayinlanadigan direktor tomonidan boshqariladi.

Markazlarda 33 yo‘nalishda to‘garaklar, 9 ta studiya, 6 ta kurs, 8 ta qiziquvchilar klublari, 7 ta badiiy havaskorlik jamoalari tashkil etiladi.

Markazlar faoliyati samaradorligi baholanib boriladi hamda aniq baholash tizimini joriy etish maqsadida onlayn elektron ta'minot bazasi ishlab chiqiladi. Mazkur tizim 2020-yil 1-yanvardan tatbiq etiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech