24 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,5 °C

Mamlakatimizda
10 Yanvar  2019 1402

“Xufyona iqtisodiyot” qisqartiriladi

Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va iqtisodiy siyosat samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan Jahon banki va boshqa xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan 2019 – 2021-yillarda O‘zbekistonda tarkibiy islohotlar asosiy yo‘nalishlarining “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi, deb xabar bermoqda “Huquqiy axborot” kanali.

“Yo‘l xaritasi” doirasida “Xufyona iqtisodiyot”ni qisqartirish bo‘yicha Dastur hamda yangi tahrirdagi “Mulk to‘g‘risida”gi Qonun ishlab chiqiladi.

“Yo‘l haritasi”ni amalga oshirish bo‘yicha Bosh vazir boshchiligidagi Iqtisodiy kengash hamda Xalqaro ekspertlar guruhi tashkil etildi.

Iqtisodiy kengash tomonidan quyidagi loyihalar ishlab chiqiladi hamda Prezident Administratsiyasiga kiritiladi:

Strategiyalar:

  • davlat ulushiga ega bo‘lgan korxonalarni isloh qilish bo‘yicha – 2019-yil 1-iyungacha;
  • milliy raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish (Raqamli O‘zbekiston – 2030) bo‘yicha – 2019-yil 1-dekabrgacha;
  • ta’limni rivojlantirish bo‘yicha – 2020-yil 1-martgacha;
  • suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirish bo‘yicha – 2020-yil 1-sentyabrgacha.

Konsepsiyalar:

  • O‘zbekiston Respublikasini 2030-yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha – 2019-yil 1-aprelgacha;
  • qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha – 2019-yil 1-oktyabrgacha;
  • monetar siyosatni kuchaytirish va narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha – 2019-yil 1-oktyabrgacha;
  • davlat pensiya tizimini isloh qilish bo‘yicha – 2020-yil 1-yanvargacha;
  • moliyaviy sektorni yanada rivojlantirish bo‘yicha – 2020-yil 1-iyungacha.

“Yo‘l xaritalari”:

  • investitsion muhitni yaxshilash bo‘yicha – 2019-yil 1-aprelgacha;
  • yerdan foydalanishda moslashuvchanlik va shaffoflikni oshirish bo‘yicha – 2019-yil 1-noyabrgacha;
  • atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha – 2020-yil 1-sentyabrgacha.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech