17 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,1 °C

Mamlakatimizda
22 Fevral  2019 1532

Hududlarda iste'molchi kutubxonalari tashkil etiladi va u bepul WiFi bilan ta'minlanadi

O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 13-sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori asosida O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan hududlarda Iste'molchi kutubxonasi tashkil etiladi, deb xabar bermoqda federatsiya matbuot xizmati.

 

Biz barchamiz – iste'molchimiz. Kundalik hayotimizda tovarlar sotib olganimizda, ish va xizmatlarga buyurtma berganimizda iste'molchi huquqlaridan foydalanamiz.

Iste'molchi tovar, ish, xizmatlarga buyurtma berganda, sotib olingan tovar yoki buyurtma berilgan ish, xizmatlarning xossalari  va jihatlari hakida to‘liq ma'lumotga egami, iste'molchi bu borada o‘z huquq va majburiyatlarini qay darajada biladi?

Umuman bugungi kunda aholining iste'mol madaniyati qanday?

Ayni vaqtda o‘tkazilgan kuzatish va tahlillar natijalari bu sohada o‘z yechimini kutayotgan muammolar borligini va ularni keng ko‘lamda hal etilishida jamoatchilik ishtiroki zarurligini ko‘rsatmokda. Xususan, aholining iste'mol madaniyatini oshirish borasida, ularning o‘quv-uslubiy, texnik adabiyotlar, adabiy-badiiy, ma'rifiy va ilmiy-ommabop kitoblarga bo‘lgan talabini qondirish, bugungi kunda mutolaa madaniyatini yuksaltirish bilan bog‘liq muhim masalalarga yechim topish  dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.

Ma'naviy hayotimizda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu vazifalarni kopleks hal etilishiga ko‘maklashishda jamoatchilik tashkilotlari  ishtirokini ta'minlash maqsadida, Federatsiya tomonidan respublika hududlarida iste'molchi kutubxonalari va kitob savdosiga ixtisoslashgan do‘konlar tashkil etish loyihasi ishlab chiqildi.

Loyiha doirasida tashkil etilayotgan kutubxona va kitob savdosi do‘konlarida, O‘zbekiston qonunlari va iste'molchilik sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar, siyosiy-iqtisodiy qo‘llanmalar, ma'rifiy, badiiy, ilmiy ommabop kitoblar, respublikamizda nashr qilinadigan gazeta-jurnallar, shuningdek, zamonaviy “Book cafe”  va bepul WiFi tizimi hamda internet orqali zarur adabiyotlarni topish va xarid qilish imkonini beruvchi “eReader” elektron o‘quv qurilmalari bilan ta'minlanishi rejalashtirilgan.

Ushbu xayrli tashabbusning Oltiariq tumani hokimligi tomonidan qo‘llab quvvatlanishi natijasida federatsiya tomonidan tuman markazida dastlabki “Iste'molchi kutubxonasi”ning qurilish ishlari boshlandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech