14 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +0,3 °C

Energetika
21 Noyabr  2019 531

“Hududgazta'minot” AJning barcha hududlardagi tashkilotlari o‘z faoliyatini boshladi

Endilikda gaz ta'minoti tizimiga va aholiga ixtisoslashtirilgan boshqa turdagi xizmatlar ko‘rsatish bilan respublikaning har bir tuman, shahar va viloyatidagi 206 ta gaz ta'minoti tashkilotlari shug‘ullanadi, deb xabar qiladi jamiyat matbuot xizmati.

Ularning faoliyati tiklanishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Iqtisodiyot va aholini energiya manbalari bilan barqaror ta'minlash, moliyaviy sog‘lomlashtirish va neft-gaz sanoatini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi qarorida ko‘zda tutilgan edi. Ushbu qaror tabiiy va suyultirilgan gaz iste'molchilarining barcha toifalari uchun xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida qabul qilindi.

Ta'kidlash joizki, gaz ta'minoti tashkilotlari sonining ko‘payishi aholini “zangori yoqilg‘i” bilan barqaror ta'minlash va shu jarayonga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish imkonini beradi.

Hozirgi kunda “Hududgazta'minot” AJ tarkibiy bo‘linmalari zarur mutaxassislar bilan to‘liq ta'minlangan. Aholining ishonchi va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida, fuqarolarning murojaatlari va OAV bilan ishlash bo‘limlari ochilgan.

Hududlardagi gaz ta'minoti tashkilotlarining manzili va telefon raqamlarini mana bu havola orqali bilib olishingiz mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech