05 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,4 °C

Voqea-hodisalar
6 Iyun  2020 710

Hozircha faqat mahalliy aviareyslar

Qirgʻizistonda 5-iyundan boshlab mahalliy aviareyslar yoʻlga qoʻyiladi.

Qirgʻiziston Respublika tezkor shtabi 5-iyundan viloyatlararo aviareyslar va transport qatnovlarini, shuningdek, 25-iyundan yozgi lagerlarni ishga tushirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.

«Kabar» milliy axborot agentligining xabariga koʻra, Qirgʻiziston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Kubatbek Boʻronov belgilangan sanitariya chora-tadbirlariga rioya etilishini nazorat qilishga tayyor boʻlishi kerakligini taʼkidlagan.

“Jamoat transporti va yoʻlovchilarning barcha sanitariya xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini qatʼiy nazorat ostiga olish hamda tibbiy niqoblardan foydalanish va samolyotga chiqish vaqtida tana haroratini oʻlchash shart”, — deya taʼkidladi K.Boʻronov.

Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari Bishkek hamon infeksiya xavfi yuqori boʻlgan zona boʻlib qolayotgani hamda poytaxtga muhim vaziyatlarsiz tashrif buyurish tavsiya etilmasligini taʼkidlagan.

Joriy yilning 4-iyun holatiga koʻra, Qirgʻizistonda koronavirus yuqishi boʻyicha 1 ming 899 holat roʻyxatga olingan, ulardan 1 ming 292 nafari tuzalgan, 20 bemor vafot etgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech