08 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,6 °C

Mamlakatimizda
19 Iyun  2019 1273

Xotin-qizlar qo‘mitasiga kelgan ayollarning hibsga olinishi bilan bog‘liq voqea yuzasidan Milliy gvardiya bayonot berdi

Milliy gvardiya Xotin-qizlar qo‘mitasiga shikoyat qilib kelgan ayollarning Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan hibsga olinganligi to‘g‘risidagi xabarga rasmiy bayonot berdi.

Ma'lum qilinishicha, 20-may kuni soat taxminan 08:45 larda fuqarolar Tashmatova  Gulbahor Davranbekovna, Xaitova Malika Abduraimjonovna, Akbarova Muhabbat G‘anievna, Karimbekova Gulbahor Rustambekovna va Ergasheva Xursanoy Xolboevnalar Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shoh ko‘chasi, O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar Qo‘mitasi binosi qarshisida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining harakatlanishi uchun mo‘ljallangan maxsus yo‘nalishda to‘planib, davlat rahbarining mazkur yo‘nalishdan harakatlanishini bilgan holda, maxsus yo‘nalishda harakatlanayotgan kortej yo‘liga chiqib murojaat qilmoqchi bo‘lganlar.

Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari ushbu fuqarolarga mazkur yo‘nalish bo‘ylab to‘planib turish va davlat rahbariga bunday tarzda murojaat qilish mumkin emasligini, o‘zlarini qiziqtirayotgan savollari bilan tegishli tartibda murojaat qilish lozimligini tushuntirib, maxsus yo‘nalishdan chetroqda turish kerakligini aytganlarida, yuqorida ismlari qayd etilgan fuqarolar Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarini haqorat qilib, shovqin-suron ko‘tarishib, qonun doirasidagi talablarni bajarishdan bosh tortib, qarshilik ko‘rsatganlariga qaramasdan maxsus yo‘nalish uchun javobgar bo‘lgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari belgilangan tartibni ta'minlaganlar.

Yuqorida nomlari zikr etilgan fuqarolarning noqonuniy xatti-harakatlari bo‘yicha surishtiruvni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining mas'ul xodimlari o‘tkazgan. O‘zlarini “jabrlanuvchi” qilib ko‘rsatayotgan fuqarolarga nisbatan Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan surishtiruv materiallari asosida Sud organi qonuniy baho berib, ularga nisbatan ma'muriy javobgarlik belgilagan.

Ta'kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari sudlarga berilgan vakolatlarga ega emas.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan videoyozuvlar hamda postlarda aks etayotgan asossiz ma'lumotlarga ishonib, davlat tashkilotlari va fuqarolarning qonuniy manfaatlariga putur yetkazuvchi, majburan yuzaga kelayotgan xatti-harakatlaringiz esa ma'lum bir ko‘rinishdagi javobgarlikka olib keladi, deyiladi bayonotda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech