17 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,5 °C

Mamlakatimizda
1 Iyun  2019 1065

Hotamjon Ketmonov XDP partiyasi yetakchiligidan ketdi

Bugun O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining navbatdan tashqari XII Plenumi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda partiya matbuot xizmati. 

Plenumda kun tartibidagi tashkiliy masala ham ko‘rib chiqildi.  Bugungi kungacha O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi lavozimida ishlab kelayotgan Xatamjon Abdurahmonovich Ketmonov boshqa ishga o‘tganligi bois, o‘z hohishiga muvofiq partiya yetakchiligidan ketdi.

Ma'lumot uchun, Hotamjon Ketmonov 2013-yildan buyon XDPni Markaziy kengashi raisi sifatida ishlab kelayotgandi. Hotamjonov ketma-ket ikki marta 2015 va 2016-yilgi prezidentlik saylovlarida XDP partiyasidan nomzod sifatida qatnashgandi.

Uning o‘rniga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi vazifasiga Inoyatov Ulug‘bek Ilyasovichning nomzodi tavsiya etildi. Plenum a'zolari tomonidan bir ovozdan Inoyatov Ulug‘bek Ilyasovichning nomzodi qo‘llab-quvvatlandi.

Inoyatov Ulug‘bek Ilyasovich O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi etib saylandi.

Ulug‘bek Inoyatov esa 2018-yil iyunda Xalq ta'limi vaziri lavozimidan bo‘shatilib, Namangan davlat universiteti rektori lavozimiga tayinlangandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech