05 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,1 °C

Xavfsizlik
16 May  2020 500

“Cobalt” va “Spark” toʻqnashuvi

2020-yil 13-mayda Xorazmda, aniqrogʻi Urganch shahrida ayachnli YTH sodir boʻldi.

Soat 21:00 larda 24 yoshli shaxs “Cobalt” rusumli avtomashinani Urganch shahar Jayxun koʻchasi hududidan oʻtuvchi avtomobil yoʻli boʻylab harakatlanib ketayotgan vaqtida oʻziga nisbatan qarama-qarshi yoʻnalishga chiqib ketib, shu yoʻnalishda kelayotgan “Spark” rusumli avtomashina bilan toʻqnashuv sodir qilgan.

Natijada, “Spark” avtomashinasining 23 yoshli haydovchisi olgan tan jarohatlari bilan hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur jinoyat ishi Urganch shahri boʻyicha IIO FMB 3-son IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan “Cobalt”ni boshqargan fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam oʻlimiga sabab boʻlgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech