17 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,8 °C

Urbanizatsiya
7 Iyun  2019 1499

Toshkent shahar hokimligi: hozircha yakuniy qaror va tasdiqlangan reja yo‘q

Britaniya me'morchilik kompaniyasi “Benoy” o‘zining veb sahifasida Toshkent shahri Bosh rejasining loyihasini e'lon qildi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Bu haqida ko‘pchilik bir zumda o‘z fikrlarini bildirishga ulgurishdi va hatto uni noto‘g‘ri qilingan degan fikrlar ham uchradi.

Aytish joiz, bu masalada “Benoy” faqat o‘z rejasini taqdim etdi. Bu masalada 3 ta kompaniyaning loyihalari ko‘rib chiqilmoqda, ularning orasida “Benoy” ham bor. Toshkent shahar hokimligini va shaharsozlik bo‘yicha mas'ul komissiya taqdim etilgan loyihalarni o‘rganib, eng ma'qulini tanlaydi.

Do‘stlar, sizdan iltimos, yangiliklar va faktlarni kim nashr etayotganligidan qat'iy nazar (axborot sahifalari yoki mashhur blogerlar) ma'lumotlarning xaqqoniyligini tekshiring. Hozircha yakuniy qaror va tasdiqlangan reja yo‘q. Qaror va rejalar tasdiqlansa, bu haqida rasmiy ravishda xabardor qilamiz, deyiladi hokimlik xabarida.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech