20 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,3 °C

Ijtimoiy hayot
13 Sentyabr  2019 1502

Shahar hokimligi kamchiliklarni aniqlashda jurnalist, bloger va fuqarolardan yordam so‘radi

Toshkent shahridagi kommunal sohaga daxldor xizmatlar tomonidan kuzgi-qishki mavsumni betalofot o‘tkazishga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Shunga qaramay, hokimlik va mas'ul tashkilotlarning e'tiboridan chetda qolgan holatlar bo‘lishi mumkin. Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, hokimlik  jurnalist, bloger va shahrimizning barcha fuqarolaridan kuz-qish mavsumidan oldin hal qilinishi kerak bo‘lgan biror muammoni aniqlasangiz, hokimlikning Feysbuk sahifasi orqali xabar berishingizni yoki bu haqidagi ma'lumotni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringiz hamda kanallaringizga joylashtirishingizni so‘raydi.

Bu bilan shahardagi kommunal xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarga tizimdagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlab, bartaraf etish masalasida sezilarli yordam bergan bo‘lasiz, deyiladi hokimlik xabarida.

Qo‘shimcha ma'lumot uchun: 71 210 01  63

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech