26 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +36 °C

Mamlakatimizda
17 Fevral  2019 1912

Poytaxt hokimiyati uylarni buzish masalasida konferensiya o‘tkazdi

Shuningdek, tadbirda intensiv qurilishlar, kelishuvlarga erishish, bahsli vaziyatlarni hal etish tizimini ishlab chiqish masalasi ham ko‘rildi.

Poytaxt hokimi, deputatlar va internet-jurnalistlar uchrashuvi yaqinda yuz bergan hodisalar fonida bo‘lib o‘tdi. Shahar ma'muriyati bu huquqiy-normativ hujjatlarda keltirilgan yangisini qurish uchun eskilarini buzish tartibini boshqatdan tasdiqlash kerak bo‘lsa ham muloqotga tayyor ekanini ko‘rsatdi. Ammo buning uchun barcha yashovchilarning roziligi talab etiladi va ularga uch variantdan iborat tanlov: eskisi o‘rnida yangisi qurilgan uyga ko‘chib kirish, bozor qiymati bo‘yicha to‘lov, uni mustaqil baholash komissiyasi belgilab beradi yoki boshqa (ikkilamchi) turar-joyni taqdim etish.

Buzishdan oldin 87-uyda kelishuvga erishib bo‘lmadi. Buzish, uni «demontaj», deb ham nomlashadi, qoidalarga ko‘ra amalga oshirilmagan. Material e’lon qilinganidan so‘ng muammolardan biri yuzaga qalqib chiqdi, buzish/demontaj davom etayotgan payt – bunday vaziyatda hech kimga qo‘ng‘iroq qilib bo‘lmaydi. Hodisa joyida tuman hokimiyati vakili o‘zining haqligiga ishonchi komil bo‘lib tursa, nima qilish mumkin?

pv.uz tahririyati bunday vaziyatda yordam berishga rozi bo‘lgan matbuot xizmatlari mutaxassislariga o‘z minnatdorligini bildiradi. Besh mahkama va tashkilotga og‘zaki murojaat qildik. Hodisalar joyida o‘sha yerda yashovchilar bilan birga blogerlar va jurnalistlar (xuddi o‘sha fuqarolik jamiyati) jam bo‘lishdi. Ushbu vaziyat parallel ravishda ijtimoiy tarmoqlarda ham muhokama qilindi.

Hokimiyatning rasmiy matbuot-relizida: «Aksariyat hollarda qonunchilikda belgilab qo‘yilgan o‘z huquq va majburiyatlarini aniq tushunmaslik keraksiz shov-shuvlarga, yashovchilar hamda quruvchilar o‘rtasidagi munosabatda tushunmovchliklarni keltirib chiqaradi», deya keltiriladi.

78-uy aholisi bilan hal qilinmagan masala mana, bir necha oydirki, davom etmoqda. Faqat OAVdagi maqolalar va ijtimoiy tarmoqlarning qo‘llab-quvvatlashidan so‘nggina hokim ishtirokida konferensiya tashkil etishdi. «Keraksiz shov-shuvlar» borasidagi rasmiy pozitsiya tushunarli. Ha, bu shahar imijiga, uning ma’muriyatiga va investorlarning jalb etilishiga ta’sir ko‘rsatadi. Tarozining boshqa pallasida esa – o‘yindagi qoidalarga amal qilmaslik turibdi.

Agar xato aytsak to‘g‘rilarsiz, biroq o‘zlarining noqonuniy harakatlarini: «Prezidentimizning nima deganini eshitdingizmi?», degan so‘zlar bilan oqlash noto‘g‘ri. «Uylarni aholisi bilan qo‘shib buzing», deyilgan biror ma’ruza yoki hujjat yo‘q. Davlat rahbari hamda hukumatning qaror va farmonlari bor, kodekslar, Asosiy Qonun mavjud. Ular qabul qilingan va «muhim/muhim emas»ga ajratilmaydi. Kimningdir so‘zlari noto‘g‘ri talqin qilinsa, ularni o‘z foydasiga deb tushunilsa, undan ham yomoni, ular bilan himoyalanilsa, uzoqqa borib bo‘larmikan?

Shaharga o‘zgarishlar kerak, mamlakat ham o‘zgaradi. Bu yaxshi. Bunda hamma gap xalq bilan muloqotni yo‘lga quyishda qo‘llaniladigan uslubda. To‘g‘ri, bu qiyin. Ha, xatolar bor, ehtimol, yana bo‘lar. Keling, bunday muammolarni birgalikda hal etaylik – biz barrikadaning ikki tomonida emasmiz, biz bitta mamlakatda yashayapmiz.

Yulianna Moroz.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech