20 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,1 °C

Dolzarb
5 Sentyabr  2019 582

Hindistonda pirotexnika fabrikasidagi portlash qurbonlari soni 23 kishiga yetdi

Hindistonning Panjob shtatidagi pirotexnika ishlab chiqaradigan zavoddagi kuchli portlash natijasida kamida 23 kishi halok bo‘ldi va 27 jarohatlandi, deya xabar beradi NDTV telekanali.

Telekanal xabariga https://ria.ru/20190905/1558323052.html ko‘ra, qidiruv va qutqaruv operatsiyasi kechgacha davom etgan va erta tongda yana davom ettirilgan. Portlash shu qadar kuchli bo‘lganki, korxona butunlay vayron bo‘lgan va yaqin atrofdagi binolarga jiddiy zarar yetkazgan.

Mahalliy aholining telekanalga ma'lum qilishicha, zavod egalari bunday xavfli mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun zarur litsenziyaga ega bo‘lmay turib, ko‘p yillar davomida o‘z biznesini noqonuniy ravishda yuritgan.

Portlash sabablari hozircha noma'lum. Politsiya falokat yuzasidan tergov ishlarini boshlab yuborgan.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech