18 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +19,2 °C

Mamlakatimizda
15 May  2019 1666

“Hamshira – 2019” ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi

Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida “Hamshira – 2019” respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

An’aviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan mazkur tanlov Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi, Respublika Hamshiralar assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etildi. Unda tanlovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 14 nafar hamshira o‘zaro bellashdi.

Tanlovda asosiy e’tibor hamshiralarning bilimi, intellektual va kasbiy salohiyatiga qaratildi. Shuningdek, ishtirokchilarning tibbiyot bilan birga mamlakatimizdagi siyosiy jarayonlar, sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarga daxldorlik tuyg‘usi, faol fuqarolik pozitsiyasi baholashning muhim mezonlaridan etib belgilandi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi xirurgiya posti navbatchi hamshirasi Dilafro‘z Pattaeva birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Farg‘ona viloyati perenatal markazi qabulxona bo‘limi katta doyasi Zuhraxon Xaydarova ikkinchi, Jizzax viloyati Paxtakor tuman tibbiyot birlashmasi homiladorlar patologiyasi bo‘limi muolaja hamshirasi Sarvinoz Qo‘shboqova uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. G‘oliblarga tanlov tashkilotchilari tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.

Eslatib o‘tamiz, an'anaga muvofiq “Hamshira – 2019” tanlovining g‘oliblari tibbiyot oliy o‘quv yurtlariga imtiyozli asosda o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech