04 Dekabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +1,9 °C

Sport
17 May  2020 1490

Hamkorlik yangi bosqichda davom etadi

XOQ va Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti oʻrtasida yangi memorandum imzolandi.

Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi (XOQ) va Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish uchun kuchlarni birlashtirmoqda.

Jumladan, jismoniy faollik, sport hamma uchun, tamakisiz Olimpiya oʻyinlari va bolalarning semirib ketishini oldini olish kabi mavzular hamkorlikning asosiy gʻoyalaridan boʻlib turibdi.

Shveysariyaning Lozanna shahrida mazkur ikki tashkilot rahbarlari Tedros Adanom Gebreisus (JSST) va Tomas Bax (XOQ) oʻrtasida hamkorlikni yana-da kuchaytirish borasida kelishuv imzolandi.

Memorandumda taʼkidlanganidek, tomonlar dunyo aholisi orasida yurak-qon tomir, saraton, diabet va koʻplab yuqumli kasalliklarga chalinish xavfini kamaytiradigan tadbir va strategiyalarni ilgari surish boʻyicha ish olib boradi.

Statistik maʼlumotlarga koʻra, yuqumli boʻlmagan kasalliklar natijasida har yili 35 million kishi (9-60 yosh oraligʻi) hayotdan bevaqt koʻz yumadi. Jismoniy faollikning yetishmovchiligi natijasida esa har yili qariyb 2 million inson vafot etadi.

Maʼlumot uchun: har ikki tashkilot 1984-yildan beri hamkorlikda faoliyat olib boradi, deb xabar beradi Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech