07 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +17,2 °C

Xalqaro hamkorlik
5 Mart  2020 604

Xalqaro biznes  maydoniga yana bir qadam

Turkiyaning «TURKCERT LTD CO» kompaniyasi delegatsiyasi Toshkent shahriga tashrif buyurdi.

Toshkent shahri hokimligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Toshkent shahrida joylashgan korxona va tashkilotlarni sertifikatlash hamda ularda xalqaro standartlarni joriy etish masalasi muhokama qilindi.

Shuningdek, Toshkentda mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish hajmi tobora o‘sib borayotganligi, xalqaro bozorda mustahkam o‘ringa ega bo‘lish, xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni rivojlantirishda poytaxtda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning xalqaro sifat sertifikatiga ega bo‘lishi muhimligi ta'kidladi.

«TURKCERT LTD CO» kompaniyasi raisi Yahyo Varlioglu ularning tashkiloti AQSh akkreditatsiyasiga egaligi, bu yo‘nalishda 23 yildan buyon faoliyat yuritayotganligini hamda o‘z yo‘nalishida ilg‘orlardan ekanligini aytib o‘tdi. Shuningdek, tez orada Toshkentda kompaniyaning vakolatxonasini ochish rejalashtirilganligini ma’lum qildi. 

O‘zaro muloqot davomida xalqaro standartlarni joriy etish, sertifikatlashtirishga oid talablar va hamkorlik masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida Toshkent shahar hokimligi va «TURKCERT LTD CO» kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Unga ko‘ra, kompaniya xalqaro biznes maydonida korxonalar va tashkilotlar o‘rtasida aloqalar o‘rnatilishiga ko‘maklashadi. Ikki tomonning ishbilarmon doiralari va vakillari ishtirokida uchrashuvlar, biznes-seminarlar, konferensiyalar, simpoziumlar, xizmat safarlari, shuningdek, boshqa savdo-iqtisodiy tadbirlarni tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatadi. Shuningdek, Toshkent shahrida istiqbolli savdo va investitsiya loyihalarini ko‘paytirish va ularni samarali amalga oshirishga ham munosib hissa qo‘shadi, deb xabar beradi poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech