12 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +2,2 °C

Mamlakatimizda
4 Noyabr  2019 349

Hafta davomida O‘zbekistonda sovuq bo‘lishi kutilmoqda

O‘zgidrometning ma'lum qilishicha, kecha mamlakatimizda kuzatilgan iliq havo shu kunning me'yoriy ko‘rsatkichlaridan 3-5 darajaga yuqori bo‘lgan.

Xabarda aytilishicha, mamlakatimizning shimoliga Ural hududidan salqin havo oqimi kirib kelishni boshlagan, Xorazm viloyati, Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik, Ustyurtda esa birinchi qor yog‘di. Ushbu joylarda harorat 10-15 daraja, Ustyurtda ayrim joylarda 0 darajagacha pasaydi. Kechasi sovuq oqim respublikaning barcha hududlariga tarqaldi, mamlakatimiz bo‘ylab yomg‘ir yog‘ib, ayrim joylarda jalaga aylanib harorat keskin pasaya boshladi. Bugun yog‘ingarchilik to‘xtaydi, harorat 8-10 darajani, shimolda 3-8 darajani tashkil qiladi.

5-noyabrdan 9-noyabrgacha O‘zbekistonda sovuq antitsiklon hukmronlik qiladi, ob-havo kam bulutli bo‘lib yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, faqat kechasi va 5-noyabr kuni tongda Srxondaryo viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘ish ehtimoli saqlanib turadi. Kechasi harorat 0-5 daraja iliq, atrofida bo‘ladi, 5-7 noyabrda ilk kuzgi ayoz kuzatiladi. Kunduzgi harorat 5-7-noyabrda 8-13 daraja, 8-9-noyabrda 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech