12 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9 °C

Dolzarb
5 Sentyabr  2019 572

Gvatemalaning oltita departamentida qamal holati e'lon qilindi

Mamlakat prezidenti Jimmi Moralesning bunday qarorga kelishiga giyohvand moddalar bilan savdo qiluvchilarning harbiy  patrulga hujumi majbur etdi.

Mamlakatning olti departamentida 30 kunlik muddatga qamal holati e'lon qilindi. «Isabal departamentidagi Estor rayonida harbiy patrulga narkofurushlar hujum qildi va to‘qnashuvda uch harbiy halok bo‘ldi», deya yozadi «Prensa Libre» gazetasi.

Maxsus huquqiy rejim amal qilish vaqtida fuqarolar harakatiga, turli yig‘ilishlarga va qurol-yarog‘ olib yurishga cheklovlar o‘rnatiladi. Hukumat vakillari gumon ostiga tushganlarni hibsga olish va so‘roq qilishning soddalashtirilgan tartibini joriy etishi ham mumkin. Respublika parlamenti esa uch kun ichida davlat rahbarining ushbu qarori bilan tanishib, uni ma'qullashi kerak bo‘ladi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, giyohvand moddalar bilan savdo qiluvchilar faoliyat olib boradigan joylarga qo‘shimcha politsiya va qurolli kuchlar yuboriladi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech