24 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,4 °C

Xavfsizlik
26 Mart  2020 3379

Guliston shahriga kirish to‘xtatiladi

2020-yil 27-mart soat 00:01dan boshlab Guliston shahriga kirish va shahardan chiqish vaqtinchalik to‘xtatiladi. Bu haqda Sirdaryo viloyat IIB xabar berdi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad — koronavirus infeksiyasi viloyat hududi bo‘ylab tarqalishining oldini olishdir.

Cheklovlar quyidagilarga tatbiq etilmaydi:

- yuk tashish bilan bog‘liq holatlarga;

- Guliston shahrida doimiy yashovchi (ro‘yxatdan o‘tgan) shaxslarga;

- Guliston shahriga kirish uchun viloyat markazidagi mahalliy davlat hokimiyati organlari davlat hokimiyati organlari, huquq-tartibot idoralari, boshqarma, idora va tashkilotlarda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan rahbar va xodimlarga;

- shifokor va hamshiralar, SEOM xodimlari hamda viloyat tumanlariga biriktirilgan mas’ul xodimlariga.

Shahar hududiga kirishga qo‘yilgan cheklovlarga va karantin qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘riladi, deb xabar beradi Sirdaryo viloyat hokimligi matubuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech