12 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,8 °C

Xavfsizlik
27 May  2020 680

Yuk avtomashinasi va eshak arava...

2020-yil 26-mayda Fargʻona viloyati Buvayda tumanida mudhish hodisa roʻy berdi.

Soat 06:30 da Buvayda tumani Yangiqadam qishlogʻi hududidan oʻtgan Oʻsh-Toshkent A-373 avtomobil yoʻlining 215 kilometrida, 28 yoshli fuqaro boshqaruvidagi “MAN” rusumli yuk avtomashinasida Toshkent shahar yoʻnalishida harakatlanib kelib, yoʻlning oʻng chetida eshakka ulangan aravada borayotgan 46 yoshli shaxs va uning 13 yoshli farzandi urib yuborib, yoʻl-transport hodisasi sodir etgan.

Mazkur YTH oqibatida eshak aravada boʻlgan 46 yoshli erkak kishi hodisa joyida vafot etgan, voyaga yetmagan farzandi esa turli koʻrinishdagi tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Buvayda tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam oʻlimiga sabab boʻlgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech