24 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,5 °C

Mamlakatimizda
19 Mart  2019 2101

Davlat statistika qo‘mitasi yanvar-fevral oylaridagi tashqi savdo aylanmasini e’lon qildi

2019-yil yanvar-fevral oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston dunyoning 140 dan ziyod mamlakatlari bilan savdo aloqalariga kirishgan. Xususan, 2019-yil yanvar-fevral oylaridagi respublikamizning tashqi savdo aylanmasi o‘tgan yili shu davrga qaraganda 6392,8 millionni tashkil etib, 1293,3 million AQSh dollarga o‘sdi.

 

Eksport 3036,8 million dollarga yetib (o‘sish sur'ati 20,4 foiz), import – 3356 million dollarni tashkil etdi (o‘sish sur'ati 30,3 foiz).

Tovar va xizmatlar eksporti dinamikasi tahlilining ko‘rsatishicha, 2019-yil yanvar-fevral oylarining o‘tgan yilning shu davriga nisbatan tovarlar eksporti hajmi 500,9 millionga o‘sgan va 2629,5 million AQSh dollarini tashkil etgan. Xizmatlar eksporti esa 407,3 millionga yetdi.

XXR bilan tovar aylanmasi 153,6 foizga o‘sdi, bu respublika umumiy savdo hajmining 18,4 foizini tashkil etadi. Ammo Rossiya Federatsiyasi bilan (umumiy savdo hajmining 14,8 foizi) savdo aylanmasi bor-yo‘g‘i 101,7 foizga oshgan.

Qo‘shni Qozog‘iston bilan savdo aylanmasi 133,1 foizga oshib, umumiy hajmda 7,6 foizni tashkil etgan bo‘lsa, Koreya Respublikasi bilan bu ko‘rsatkich birdaniga 2,5 martaga ko‘tarildi (umumiy hajmning 7,5 foizi).

Yaponiya davlati bilan esa birdaniga sakrash yuzaga keldi va ko‘rsatkich 3,2 baravarga o‘sdi. To‘g‘ri, bunda umumiy savdo hajmi 0,9 foizni tashkil etgan.

Savdo hajmi bo‘yicha pastlashish ham kuzatildi: masalan, bu Afg‘oniston bilan o‘tgan yilgi shu davrga qaraganda 59,7 foizga, Germaniya bilan – 98,9, Latviya bilan – 99,4 foizga kamaygan. Biroq ushbu davlatlar umumiy qo‘shib hisoblaganda tovar aylanmasining 3 foizdan ko‘prog‘ini tashkil etadi.

O‘z axborotimiz.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech