20 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,7 °C

Xavfsizlik
22 Iyul  2020 4170

“Jome” bozorida yongʻin

Poytaxtimizdagi “Jome” bozori yaqinidagi bir nechta qurilish mollari doʻkonida sodir boʻlgan yongʻin bartaraf etildi.

Voqea joyiga sanoqli daqiqalarda yetib kelgan Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 6 ta yongʻin — qutqaruv guruhi darhol ishga kirishdi.

Natijada soat 15:34 da boshlangan yongʻin 16:01 da qurshab olindi va 16:14 da toʻliq bartaraf etildi.

Talafot koʻrgan maydon 100 kvadrat metrni tashkil etadi.

Yongʻin chiqish sabablari oʻrganilmoqda, deb xabar beradi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech