27 Noyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,2 °C

Ijtimoiy hayot
12 May  2020 4531

“Oʻrikzor”da soliq mashmashasi

Soliq idorasi xodimlarining tadbirkorlardan qoʻshimcha soliq va majburiy xayriya mablagʻlari toʻlashi kerakligi haqida xabarlar tarqalgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda soliq xizmati organlari xodimlari “Oʻrikzor” bozorida tadbirkorlardan ishlanmagan kunlar uchun toʻlov hamda Sirdaryo viloyatining Sardoba tumaniga majburiy ravishda xayriya mablagʻlari oʻtkazish talab qilayotganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Taʼkidlash kerakki, mamlakatimizda xayriya amallari ixtiyoriy boʻlib, muhtojlarga yordam koʻrsatgan tadbirkorlar bir qator soliq imtiyozlaridan foydalanishlari mumkin, deb xabar beradi Davlat soliq qoʻmitasi matbuot xizmati.

Xayriya yordamini koʻrsatayotgan tadbirkorlar hamda ularni olayotgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “saxovat.argo.uz” saytida shakllantirib boriladi va ushbu saytga joylashtirilgan maʼlumotlar shuningdek, soliq imtiyozlarini qoʻllash uchun asos ham boʻlib xizmat qiladi.

Shuningdek, xabarda Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan soliq xizmati organlari xodimlari “Oʻrikzor” bozoridagi tadbirkorlarni xayriya mablagʻlari oʻtkazishga majburlayotganligi holati zudlik bilan oʻrganib chiqilgani va bu maʼlumotlarning haqiqatga toʻgʻri kelmasligi maʼlum qilingan.

Ushbu xabar orqali tadbirkorlardan soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan xayriya ishlariga majburlash holatlariga duch kelingan taqdirda, Davlat soliq qoʻmitasining 71-244-98-98 raqamli “Ishonch telefoni”ga zudlik bilan murojaat qilishi soʻralgan.

.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech