19 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,6 °C

Transport
23 Aprel  2019 1133

GM Uzbekistan avtomobillar eksportini Qirg‘izistonga qayta yo‘lga qo‘ydi

22-apreldan GM Uzbekistan AJ avtomobillarini Qirg‘iziston Respublikasiga eksport qila boshladi. Qirg‘izistonga avtomobillar Ravon brendi ostida eksport qilinadi, deb xabar tarqatdi kompaniya matbuot xizmati.

Avval xabar berilganidek, bugungi kungacha kompaniya avtomobillari Belarus, Afg‘oniston va Tojikistonga amalga oshirilardi. Shuningdek, Qozog‘istonning Kostanay shahridagi “SariarkaAvtoProm” zavodida kompaniya avtomobillarini yirik uzelli yig‘ish yo‘lga qo‘yildi.

2019-yil GM Uzbekistan faoliyatida eksport salohiyatini oshirish yili deb e’lon qilingan, bugungi kunda kompaniya mazkur yo‘nalishdagi faoliyatini yanada kengaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech