15 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,5 °C

Sport
28 Oktyabr  2019 499

Gimnastikachi Chusovitina 2020 yilgi Olimpiya o‘yinlaridan keyin o‘z faoliyatini yakunlaydi

Sport gimnastikasi bo‘yicha 1992-yilgi Olimpiya chempioni 44 yoshli Oksana Chusovitina 2020-yilgi Olimpiya o‘yinlaridan so‘ng o‘z faoliyatini yakunlaydi. Bu haqda sportchi TASSga Aleksey Nemovning «Legendы sporta» shoucida aytgan.

Joriy yilning oktyabr oyida Chusovitina 2020-yilgi Tokio olimpiadasida sakkizinchi marta ishtirok etishini aytgandi.

«Bu mening so‘nggi Olimpiadam bo‘ladi va katta sportni tark etaman, faol sportchi bo‘lmaymanu lekin sportda qolaman. O‘zbekistonda bolalar va o‘smirlar sportini rivojlantirishga ko‘maklashaman va buning uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman, bundan keyin ham sportda yashayman. Penza shahridagi Voronin kubogiga kelsam kerak, deb o‘ylayman, chunki u yerda do‘stlarim bor. Har yili ushbu musobaqalarga boraman, ushbu mavsum qolgan startlarni bekor qildim», deydi Chusovitina.

Ilgari SSSR va Germaniya terma jamoalari uchun chiqishlar qilgan uch karra jahon chempioni va yevropa chempioni Chusovitina gimnastika tarixida yetti Olimpiadada ishtirok etgan yagona sportchi sifatida «Ginnessning rekordlar kitobi»ga kiritilgan. 2016 yil Rio-de-Janeyrodagi o‘yinlarda (tayanib sakrashda yettinchi o‘rin) 41 yoshu 56 kunligida tarixda Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etgan eng yoshi katta gimnastikachi rekordi muallifi ham bo‘lgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech