20 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16,4 °C

Energetika
24 Mart  2020 1488

Bo‘zsuvdagi GES-14 yangi quvvat bilan ishlaydi

Bo‘zsuv kanalida joylashgan GES-14 da modernizatsiya ishlari yakunlandi. Bu GESning umumiy quvvatini 15 MVtga yetkazish imkonini beradi.

Xitoyning «Power Construction Corporation of Cina Ltd» korxonasi tomonidan poytaxtdan uncha uzoq bo‘lmagan Zangiota tumanida oqib o‘tuvchi Bo‘zsuv kanalida joylashgan GES-14 ning modernizatsiya ishlari olib borildi.

Ma'lumki, ushbu GES-14 uzoq 1940-yilda hashar yo‘li bilan barpo etilgan, bo‘lib, uning umumiy quvvati 13,2 MVt ga ega edi. GESda 2 ta gidroagregat o‘rnatilgan bo‘lib, uzoq yillar mobaynidagi ekspluatatsiya natijasida jismonan va ma’nan eskirgan holatda belgilangan quvvatlarda o‘z faoliyatini davom ettira olmas edi.

Belgilangan rejaga ko‘ra, modernizatsiya yakuni bo‘yicha GES-14 da har birining quvvati 7,5 MVt bo‘lgan ikkita agregat o‘rnatiladi hamda GESning umumiy quvvati 15 MVt ga yetkaziladi. Ushbu gidroagregatlar elektr energiyani suv kam bo‘lgan davrda ham ishlab chiqarish imkoniga ega bo‘ladi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech