10 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9,3 °C

Moliya
3 Iyul  2019 2027

Muomaladan chiqarilgan pulni qayerdan almashtirish mumkin?

Xabaringiz bor, 2019-yil 1-iyuldan boshlab 50 so‘mlik, 100 so‘mlik (2001-2002, 2004 va 2009-yillar namunasidagi) tangalar hamda 50 so‘mlik va 100 so‘mlik (1994-yil namunasidagi) banknotlar to‘lov qobiliyatini yo‘qotadi va muomaladan chiqariladi.

«O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining eski namunadagi 50 va 100 so‘mlik tangalarini, shuningdek 50, 100, 200 va 500 so‘mlik banknotlarini ayirboshlash hamda muomaladan qaytarib olish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga asosan joriy yilning 1-iyul kuniga qadar eski namunadagi 50 so‘mlik va 100 so‘mlik banknotlar va tangalar MB hududiy Bosh boshqarmalarining Hisob-kitob kassa markazlari, barcha tijorat banklari va ularning filiallari tomonidan qabul qilinib, almashtirib berildi.

Endi ular tovar va xizmatlar uchun to‘lovga qabul qilinmaydi. Qolib ketgan eski namunadagi tangalar va banknotlarni bevosita MBning hududiy Bosh boshqarmalari Hisob-kitob kassa markazlarida yangi namunadagi tangalarga va muomalada bo‘lgan boshqa nominaldagi banknotlarga almashtirib olish mumkin.

Nizomga asosan eski namunadagi 200 so‘mlik va 500 so‘mlik banknotlar 2020-yil 1-iyulga qadar muomalada bo‘ladi. 2019-yilning 1-iyulidan boshlab bank kassalariga topshirilgan 1997-yil namunasidagi 200 so‘mlik va 1999-yil namunasidagi 500 so‘mlik banknotlar tijorat banklari filiallari tomonidan almashtirib beriladi, deb xabar beradi norma.uz.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech