14 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +37,7 °C

Energetika
30 Yanvar  2020 2118

Energetika vazirligi va «Gazprom» hamkorligi yangi bosqichda

29-yanvar kuni Energetika vazirligida «Gazprom» OAJ rais o‘rinbosari Vitaliy Markelov boshchiligidagi delegatsiya bilan muzakaralar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida «O‘zbekneftegaz» AJ va «Gazprom» OAJ o‘rtasida qo‘shma neft-gaz loyihalari bo‘yicha avval erishilgan kelishuvlar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining Ustyurt mintaqasidagi Jel konini mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlari asosida o‘zlashtirish to‘g‘risida»gi qarorining amalga oshirilishi muhokama qilindi.

Mazkur qaror doirasida, 2019-yil sentyabrida «Jel konini MTB shartlari asosida o‘zlashtirish» bo‘yicha Texnik topshiriq (TT) kelishilgan, so‘ngra «O‘zLITIneftgaz» AJ tomonidan ushbu loyiha ishlab chiqilgan.

Uchrashuvda, ta'kidlanganidek, 2 yil davomida «Gazprom» OAJ mutaxassislari tomonidan 5 ta blok bo‘yicha geologik materiallar o‘rganib chiqilgan.

 «Gazprom» OAJ ga tajriba almashish, kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalarida samarali hamkorligi uchun minnatdorlik bildirildi. Ta'kidlandiki, «Gazprom» OAJ tomonidan tashkil qilingan kurslarda O‘zbekistondan 78 nafar mutaxassis ta’lim olgan, 2020-yilda ham shunday kurslar o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Muzokara davomida shuningdek, ayni paytda standartlashtirish va muvofiqlikni baholash sohalarida o‘zaro hamkorlikning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Rossiya tomoni Buxoro-Xiva investitsion blokida tadqiqotlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan holda geolog qidiruv ishlarini davom ettirishdan manfaatdor ekanligini qayd etdi.

Tomonlar hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini, jumladan magistral gaz tarmoqlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, neft gaz sohasini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari va bu sohada yurtimizda amalga oshiriladigan yirik loyihalar haqida ma’lumotlar berildi, deya xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech