02 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,2 °C

Mamlakatimizda
8 Fevral  2020 837

G‘alabaning 75 yilligi: 101 vatandosh izidan

«101 vatandosh izidan» loyihasi ishchi guruhi O‘zbekiston —Germaniya — Niderlandiya — Polsha — Belarus — Rossiya — O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha ekspeditsiyasi davom etmoqda.

8-fevral kuni ishchi guruh Berlin shahridagi O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasida uchrashuv o‘tkazdi, keyin esa Reyxstag binosiga tashrif buyurdilar.
Reyxstag binosi Germaniyadagi xorijiy sayyohlar uchun eng qiziqarli maskanligi haqiqat. Chunki bu yerda qabul qilinayotgan qonunlar davlatning iqtisodiy barqarorligi, jamiyatning farovonligi, qonunlarning ustuvorligini ta'minlamoqda. Afsuski, hokimiyat tepasiga fashistlar elitasi kelgan davrda buerda qabul qilingan qonunlar 60 milliondan ortiq inson yostig‘ini quritdi. Dunyoni ostin-ustin qilib yubordi. Bu achchiq tarix. Bu saboq. Aynan bugun Reyxstag yer osti muzeyida ana shunday qora tarix saqlanadi.
Ushbu arxivda Reyxstag binosida faoliyat ko‘rsatgan deputat va kanslerlarga oid hujjatlar saqlanadi. Qizig‘i shundaki ba'zi hujjatlarda siyosatchilarning ismi, faoliyat davri qora rangda yozilgan. Nega? Gap shundaki, aynan o‘sha deputatlar fashizmga qarshi g‘oyalar tarafdori bo‘lganlar va separastik hujjatlar qabul qilinishiga qarshi ovoz berganligi uchun qatl etilganlar.
Bundan tashqari, ushbu hujjatlar orasidagi deputatlarning ismiku mayli, butun boshliq qutining qora rangda ekanligi har qanday sayyohni ajablantiradi. Afsuski, qora quti davrida, ya'ni 1933-yildan 1947-yilga qadar, Reyxstag binosida ochiq, oshkora deputatlik ovozi va saylovlar tashkil etilmagan. Xalq vakillaridan iborat deputatlarning mana shunday sukunati esa butun insoniyat boshiga daxshatli kunlarni yog‘dirgan. Arxivni tomosha qilib, sukunat suiqasdi sabab urush tegirmoniga suv quyilganini anglaysiz. Eslatib o‘tamiz, «101 vatandoshizidan» loyihasini Navoiy viloyati hokimligi, «Yuksalish» umummilliy harakati, Adliya vazirligi va O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalari qullab-qo‘vvatlamoqda, deya xabar beradi «Yuksalish» umummilliy harakati matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech