21 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,2 °C

Mamlakatimizda
7 Sentyabr  2019 397

Toshkent shahar hokimi G‘afur G‘ulom bog‘ida bo‘ladigan o‘zgarishlar haqida gapirdi

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzor tumanidagi G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ini rekonstruksiya qilish mavzusi keng muhokama etilmoqda.

Toshkent shahar hokimi Jahongir Artikxodjaev aholi bilan uchrashib, ularga  bog‘da qanday o‘zgarishlar bo‘lishi mumkinligi haqida atroflicha ma'lumot berdi, deb xabar beradi hokimlik matbuot xizmati.

Ma'lum qilinishicha, qayta qurish jarayonida ham ushbu bog‘ eshiklari aholi uchun yopilmaydi, shuningdek, shu paytgacha bo‘lgani singari keyinchalik ham unga kirish bepulligicha qoladi.

Shuningdek, rekonstruksiya sabab tadbirkorlar hyech qanday zarar ko‘rmaydi, o‘z faoliyatini avvalgi tartibda davom ettiradi.

Ushbu bog‘ soya-salqinligi va o‘simliklar dunyosiga boyligi bilan ajralib turadi. Qayta qurish jarayonida bu yashillik dunyosiga umuman zarar yetkazilmaydi, hyech bir daraxt kesilmaydi.

Aholiga yanada yaxshi xizmat ko‘rsatish, ularning ko‘ngilli xordiq chiqarishlari uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida yaroqlillik muddatini o‘tab bo‘lgan atraksionlar yangi, zamonaviylariga almashtiriladi.

Shuningdek, bog‘ ichidagi ta'mirtalab yo‘llar sozlanadi. Veloyo‘laklar ham tashkil etilishi mumkin. Xullas, qayta qurish ishlari natijasida bog‘ yanada chiroy ochadi, xizmat ko‘lami kengayadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech