25 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +17,8 °C

Bilasizmi?
18 Fevral  2019 1332

Xitoyda o‘quv jarayonida gadjetlardan foydalanish qisqaradi

Xitoy sharqida joylashgan Chjeszyan provinsiyasi ta'lim boshqarmasi uyga vazifalarni elektron moslamalardan foydalanib bajarishni taqiqlashni rejalashtirmoqda, deya xabar qiladi «Sinxua» agentligi.

 

 

Shu usulda maktab o‘quvchilari orasida miopiyaga chalinishga qarshi kurashish rejalashtirilmoqda. Boshqarma ushbu kasallik oldini olish haqidagi holat loyihasini e'lon qildi. Hozirda u jamoatchilik muhokamasi jarayonida.

Boshlang‘ich va o‘rta sinf bolalariga maktabga elektron moslamalar olib kelishni taqiqlash taklif qilinmoqda. Biroq o‘quv materialini tushuntirishda ulardan foydalanishga pedagoglarga ruxsat etilgan. Bunda dars davomiyligi 30 foizga qisqaradi va o‘quvchilarga uy vazifasini qog‘ozda bajarish taklif etilyapti.

O‘tgan yil avgust oyida vazirlik boshlang‘ich va o‘rta sinflar uchun uyga vazifalar faqat yozma ko‘rinishda bo‘lishi talabini qo‘ygandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech