04 Dekabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +1,9 °C

Sport
7 Aprel  2020 1601

Futbolchilar qayta saralanadimi

Olimpiya o‘yinlari kechikishi munosabati blan «Tokio-2020» nomi saqlanib qolsada, unda ishtirok etadigan futbolchilarning yoshi o‘zgartirildi.

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari 2021-yilga ko‘chirilganligi munosabati bilan erkaklar o‘rtasida olimpiya futbol turniri ishtirokchilarining eng katta yoshini o‘zgartirishga qaror qildi.

FIFA qoidalari bo‘yicha olimpiya terma jamoalari a’zolarining eng katta yoshi an'anaga ko‘ra 23 yosh deb belgilagnan. Olimpiya o‘yinlari bir yilga surilishi munosabati bilan bu yosh endilikda 24 yosh deb belgilangan.

Ma'lumki, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi Tokiodagi Olimpiya o‘yinlarini 2021 yilga ko‘chirdi. Tokio gubernatori Yuriko Koike ushbu musobaqlar «Tokio-2020» nomini saqlab qolishi to‘g‘risida bayonot bergan. 2021-yildi Tokio Olimpiadasi 23-iyuldan 8-avgustgacha bo‘lib o‘tishi belgilandi.

Tokio Olimpiadasining futbol bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi musobaqalarida 16 jamoa ishtirok etadi. Hozirgi paytda ushbu turnirda ishtirok etadigan 14 jamoa – Braziliya, Argentina, Yaponiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Avstraliya, Germaniya, Fransiya, Ispaniya, Ruminiya, Yangi Zelandiya, Misr, Kot-d’Ivuar va Janubiy Afrika Respublikasi aniqlangan. Yana ikki jamoa Shimoliy va Markaziy Amerika hamda Karib havzasi mamlakatlari (KONKAKAF) zonasida aniqlanadi, deb xabar beradi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech