15 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,7 °C

Mamlakatimizda
9 Aprel  2019 1238

Fuqaro nomiga hisoblangan 474 ming so‘m asossiz qarzdorlik bo‘lib chiqdi

Elektr va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste'mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Afsuski, ayrim fuqarolar hamon nomiga rasmiylashtirilgan asossiz qarzdorliklar muammosiga duch kelmoqda.

 

Farg‘ona shahrida yashovchi U.Masharipov tabiiy gaz uchun hisoblangan qarzdorlikdan norozi bo‘lib Farg‘ona shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

Jamiyat vakillari MIB xodimlari bilan birgalikda vaziyatni o‘rganib chiqishgan. Natijada, Farg‘ona viloyati bo‘yicha gaz ta'minoti hududiy filiali Farg‘ona shahar uchastkasining “Billing Gaz” dasturidan olingan ma'lumotga asosan, fuqaro nomiga tabiiy gazdan 474 764 so‘m asossiz qarzdorlik hisoblangani ma'lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda jamiyat matbuot xizmati.

Mazkur xonadonning tabiiy gazdan qarzdorligi xatlovdan o‘tkazilib, asossiz qarzdorlik U.Masharipovning shaxsiy hisob raqamidan olib tashlandi. Shuningdek, xonadon sohibiga viloyat bo‘yicha gaz ta'minoti hududiy filiali Farg‘ona shahar uchastkasidan tabiiy gazdan qarzdorligi yo‘qligi to‘g‘risida ma'lumotnoma berildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech