04 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,4 °C

Raqamlashtirish
14 Iyul  2020 387

Fransiyaning “Airbus” kompaniyasi bilan videokonferensiya boʻlib oʻtdi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davergeodezkadastr qoʻmitasi, va Fransiyaning “Airbus” kompaniyasi oʻrtasida kosmik suratlardan foydalanish, ular yordamida qishloq xoʻjaligi va boshqa yer maydonlarini monitoring qilish hamda kosmik suratlarni qabul qiladigan virtual stansiya va Yerni masofadan turib zondlash Markazi (YEMTZ markazi) masalasida uch tomonlama muzokara boʻlib oʻtdi.

Tadbirda taʼkidlanganidek, raqamli texnologiyalarning eng katta yutugʻi — tashkiliy, moliyaviy va inson xarajatlarini tejash orqali iqtisodiy samaradorlikni keskin oshirish imkoniyatidir. Shu oʻrinda raqamli texnologiyalardan turli soha va tarmoqlarda keng foydalansa boʻladi. Yurtimiz uchun eng dolzarb boʻlgan shunday sohalardan biri yer resurslaridan unumli foydalanish masalasidir.

Uch tomonlama oʻtkazilgan virtual uchrashuvda yangi tashkil etiladigan Yerni masofadan turib zondlash markazi va virtual stansiyadan foydalanishdagi qulayliklar, ularni yaratishga ketadigan vaqt, mablagʻ, texnik qurilmalar oʻrtasidagi farq, qabul qilib olinadigan kosmik suratlarni qayta ishlash va ishlab chiqarishga joriy qilish boʻyicha Fransiyaning “Airbus” kompaniyasi taqdim qilayotgan loyihalar bilan tanishib chiqildi.

Shuningdek, bu yoʻnalishda ishlaydigan mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirish, kafolatli xizmat koʻrsatish masalalarida ham oʻzaro fikr almashildi.

Virtual muzokaralar davomida, “Airbus” kompaniyasi vakillari tomonidan Yerni masofadan turib zondlash Markazining namunaviy taqdimot fayllari namoyish qilinib, taqdim etildi. Shuningdek, mazkur markaz loyihasi doirasida tashkil etiladigan oʻquv reja va xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq tashkiliy tadbirlar xususida batafsil maʼlumot berildi, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech