30 Mart 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,3 °C

Harbiy
4 Yanvar  2020 1226

“Forish” poligonida O‘zbekistondagi eng katta festival bo‘ladi

7-9-yanvar kunlari Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi tashabbusi bilan Jizzax viloyati hokimligi hamkorlikda “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni!” shiori ostida eng katta vatanparvarlik festivali o‘tkaziladi, deb xabar qiladi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

“Forish” tog‘ poligonida o‘tkazilishi rejalashtirilgan festivalda dastlab, sahna ko‘rinishlari, “qo‘l jangi” chiqishlari, qurol-aslaha va jangovar texnikalar, harbiy kiyim-kechak va oziq-ovqat ko‘rgazmasi tashkil etiladi.

Shundan so‘ng, harbiylar sportning qo‘l jangi, boks va tosh ko‘tarish turlari hamda jizzaxlik yoshlar esa arqon tortish, kamondan o‘q otish, milliy kurash bo‘yicha bellashadilar.

Festival davomida xalqimizning milliy o‘yinlari ham o‘tkaziladi. Xususan, uloq-ko‘pkari, ot poygasi, bedana va xo‘rozlar jangi, merganlik hamda avtopoyga kabi musobaqalar o‘tkaziladi.

Festival yakunida esa konsert dasturi o‘rin olgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech