26 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +19,9 °C

Kеyingi avlod
13 Iyun  2019 1128

Navoiy davlat konchilik institutida “Bitiruvchilar jamg‘armasi” tashkil etildi

Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan, yuksak salohiyatli konchilarni tayyorlashga ixtisoslashgan Navoiy davlat konchilik institutida yangi jamg‘arma – bitiruvchilar jamg‘armasi tashkil etildi.  

Mazkur jamg‘arma O‘zbekiston  Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 apreldagi “Ta'lim muassasalarida uni bitirib, yuksak yutuqlarga erishgan nomdor shaxslarning homiylik  xayriya mablag‘lari hisobiga shakllantiriladigan bitiruvchilar jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tashkil etildi va Jamg‘arma nizomi tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, Jamg‘arma mablag‘lari  iqtidorli, bilimli o‘quvchi va talabalarning o‘z bilimlarini yanada mustahkamlashlari uchun zarur bo‘ladigan o‘quv va ilmiy adabiyotlar hamda jihozlar xarid qilish, iqtidorli, bilimli talablarning o‘z ustida ishlashlari va bilimlarini muntazam rivojlantirishga intilishlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, talabalarning tumanlar, vilyaotlar, respublika va xalqaro miqyosida o‘tkaziladigan turli musobaqalarda faol ishtirokini ta'minlash, kam ta'minlangan oilalar va yetim bolalar toifasiga kiruvchi o‘quvchi va talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash kabi qator maqsadlarga yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.

– Bugungi kunda oliygohda 300 dan ortiq professor o‘qituvchilar 3000 dan ziyod talabalarga ta'lim bermoqda, – dedi NKMK Bosh direktori, Navoiy davlat konchilik instituti rektori, senator, O‘zbekiston Qahramoni Quvondiq Sanaqulov. —   Oliygohimizdan yuksak ilmiy salohiyat egalari chiqqan. Yosh fan doktorlari, yosh akdemiklar bilan bugun haqli ravishda faxrlanamiz.  Konchilik institutini   bitirgan 1000 dan ortiq kadrlarning 258 nafari bugungi kunda Navoiy kon-metallurgiya kombinatida mehnat qilmoqda. Oliygohni doimo qo‘llab turamiz.  Yangi zamonaviy binoga ega bo‘lgan   institutga yaqinda  6 million AQSh dollariga zamonaviy laboratoriya jihozlari sotib olindi,  2 milliard so‘mlik  kompyuter jihozlari  olindi. Pedagoglarni rag‘batlantirish uchun kombinat tomonidan 11 milliard so‘m ajratildi. Navoiy kon-metallurgiya kombinatidek ulkan salohiyatli korxona negizidagi  institutni, pedagog o‘qituvchilarni, talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qurbimiz yetadi. Ammo  Yurtboshimiz ta'kidlaganidek, ilm fan yutuqlari taraqqiyotning muhim omili ekan, ilmiy salohiyatni yanada kuchaytirish uchun har yili  o‘nlab kitoblarni tarjima qilish va  qo‘llanmalar chiqarishga to‘g‘ri keladi. Hozirgi kunda kutubxonamizda  20 ming nomli elektron kitoblar hamda 200 ming turdagi kitoblar bor.  Bugun tuzilgan jamg‘arma mablag‘larini aynan ana shu maqsadlarga kitoblarni ko‘paytirishga sarflasak ayni muddao bo‘ladi, deb o‘ylayman.

  1. Sanoqulovning taklifiga binoan oliygohda  Bitiruvchilar kengashi ham tuzildi.

– Bu  ma'rifat tashabbusiga chin yurakdan qo‘shilamiz, – deydi texnika fanlari doktori,  Federal davlat avtonom ta'lim muassasasi  “Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS”ning Olmaliq shahridagi filiali  direktori. yevroosiyo konchilik  fanlari akademiyasining eng yosh akademigi. Farhodbek UMAROV. – O‘rta Osiyodagi yagona oliy ta'lim dargohi bo‘lgan Navoiy davlat konchilik institutining birinchi bitiruvchilaridan biri ekanligim bilan faxrlanaman.  Bitiruvchilar kengashiga ham a'zo bo‘ldim. O‘zim  tahsil olgan qadrdon dargohimdan, ustozlarimdan hayotda erishgan barcha yutuqlarim uchun minnatdorman.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech