08 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +5,4 °C

Xalqaro hamkorlik
26 Fevral  2020 1104

200 ming aholi ichimlik suvi bilan ta'minlanadi

2020-yilning 25-fevral kuni Vena shahrida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va OPeKning Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi (OFID) o‘rtasida muhim bitim imzolandi.

Bitimdan asosiy o‘rin olgan masala bu Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanining 22 ta aholi punktida va Namangan shahrida ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash loyihasini moliyalashtirish uchun 54 million AQSh dollari miqdorida imtiyozli kredit ajratish edi.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan hujjatni Elchi Sherzod Asadov va OPeK Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi nomidan uning bosh direktori Abdulhamid Alhalifa imzoladi.

Ushbu loyiha doirasida xalqaro sifat standartlariga javob beradigan suv ta’minoti infratuzilmasi yaratiladi, buning natijasida Namangan viloyatining 200 mingga yaqin aholisi toza ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Ma’lumot uchun, 1975-yilda tashkil etilgan, qarorgohi Vena shahrida joylashgan OPeK Jamg‘armasi rivojlanayotgan mamlakatlarga ijtimoiy va iqtisodiy yordam ko‘rsatadigan moliyaviy rivojlanish bo‘yicha hukumatlararo institutdir.

1999-yildan beri ushbu tuzilma O‘zbekistonda davlat sektorida umumiy qiymati qariyb 80 million dollarga teng bo‘lgan 7 ta loyihani amalga oshirdi, shundan 47,2 million dollari ichimlik suvi va sanitariya sohasidagi loyihalarni imtiyozli kreditlash uchun, 12,73 million dollari qishloq xo‘jaligiga, 5 million dollardan transport va ta'limni rivojlantirishga ajratildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech