31 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +5 °C

Tashvishli xabar
6 Fevral  2020 5050

Fojianing oldini olish yo‘lida

Ayolning ortidan pichoq bilan quvgan fuqaro qo‘lga tushdi.

Poytaxtimizning Yunusobod tumani hududida jamoat tartibini saqlash bo‘yicha xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi ayol kishini qo‘lida pichoq bilan quvib ketayotgan noma’lum shaxsni ko‘rib qoladi va ayolga yordamga shoshiladi.

Noma’lum shaxs ayolga deyarli yetib olganda yordam berishga ulgurgan. Harbiy xizmatchisi ayolni himoya qilgan, tartib buzar esa voqyea joyidan qochib qolgan.

Sodir etilgan voqyea yuzasidan tezlikda tuman post-patrul ekipajiga xabar berilgan, va Yunusobod tumanining 9-mavzesida qochqinni to‘xtatishga muvaffaq bo‘lishgan. U esa talabga bo‘ysunib, pichoqni tashlash o‘rniga, haqorat qilishga o‘tib, huquq posbonlariga tosh ota boshlagan. Olishuv paytida fuqaro ichki ishlar xodimi oyog‘iga pichoq urgan, shundan keyin Milliy gvardiya jangchisi PR73 rusumli rezina tayoqni ishlatishga majbur bo‘lgan. Tartib buzarning qo‘lidan pichoqni olib qo‘yishga erishilgach, uning qo‘llariga kishan taqilgan. Tutib olingan shaxs tezlikda Yunusobod tuman IIB FMB ga olib kelingan, deb xabar beradi Milliy gvardiya matbuot xizmati.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida quvgan erkak bilan qochgan ayol Shayxontoxur tumanida yashovchi eru-xotin ekanligi ma'lum bo‘lgan. Hamla esa erkak kishining alkogol mahsuloti ichishi oqibatida kelib chiqqan ekan. Tergov davom etmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech