19 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +36,6 °C

Bilasizmi?
26 Iyun  2019 630

Fiziklar chaqmoq chaqishini oldindan aytishni o‘rganadimi?

Tokio universiteti olimlari momaqaldiroqli bulutlarda chaqmoq chaqishi va ikki turdagi gamma-nurlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqladilar.

Yangi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, muayyan sharoitlarda momaqaldiroqli bulutlarning kuchsiz gamma-nurlari chaqmoq chaqishi va ularga hamroh gamma-nurlardan darak berishi mumkin ekan. Momaqaldiroq bulutlari bilan bog‘liq gamma-fenomenlarining ikki ma’lum turi mavjud: gamma-nurlanish (taxminan bir daqiqa davom etadigan zaif radiatsiya) va chaqmoq chaqishi shaklida kuzatiladigan qisqa muddatli yer gamma-nurlari. Har ikkala tur ham o‘zgaruvchan zaryad qatlamlari o‘rtasida siqilgan momaqaldiroq bulutlarida kechadi. Zaryadlangan joylar elektronlarni deyarli yorug‘lik tezligiga qadar tezlashtiradi, undan keyin elektronlar biroz sekinlashadi va gamma-nurini taratadi. Bu tormoz nurlanishi deyiladi.

Monitoring tizimi yapon mutaxassislariga bir vaqtning o‘zida yer yuzidagi gamma-chaqnashlarni va chaqmoq chaqishini aniqlash imkonini berdi. Bu juda keng tarqalgan hodisa, lekin kuzatishlar ham o‘sha sohada va ayni paytda gamma-nurlanishni qayd etdi. Olimlar shuningdek, chaqmoq chaqqanidan keyin, nurlanishning birdan g‘oyib bo‘lganini payqashdi. Bu esa, bu voqealar bir-biri bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan yakuniy xulosa chiqarishga imkon beradi va mazkur dalillar ilk marta kuzatildi. Tadqiqot chaqmoqning paydo bo‘lishini oldindan taxmin qilish uchun ilgari noma’lum bo‘lgan usullarni ishlab chiqish kaliti ham bo‘lishi mumkin. Ekspertlar guruhi gamma-nurlanishning yorug‘lik sochishi nafaqat chaqmoq chaqishi oldidan emas, balki amalda ularni keltirib chiqarishi mumkinligini ham o‘rganish niyatida.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech