23 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,9 °C

Xavfsizlik
13 Mart  2019 1518

Firibgarlar guruhi faoliyatiga chek qo‘yildi

Firibgarlik qilib kimnidir aldagan insonga keyinggi safar hushyorroq bo‘lib muomala qilishadi. Yoki umuman ishonishmaydi. Lekin aldashga usta bo‘lib ketgan ba'zilarning tuzog‘i kimlardir uchun najot yo‘lidek tuyulaveradi.

 

N.Arslonova, Sh.Eldoshova, G.Razzoqova, M.Turdimov, D.Nosirjonov, L.Ma'dieva kabi muqaddam sudlangan kimsalar ham yuqori tashkilotlarda tanishlari borligi, “soqqasini” bersa, ishini bitirish oson bo‘lishini aytib fuqarolarni aldab kelgan.

Ularning bu galgi hiylasiga M.Xolmamatova, I.Mo‘minova, R.Mahmudovlar aldandi.

Farg‘ona davlat unversiteti, Farg‘ona politexnika va Andijon tibbiyot institutiga, Farg‘ona shahrida joylashgan “O‘rta tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va dorishunos xodimlarni qayta ixtisoslashtirish” markazi, Farg‘ona shahrida joylashgan Huquqshunoslik kollejiga, Quva tibbiyot kollejiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilib, yigirmadan ortiq fuqarolarni 500 AQSh dollaridan 5 000 AQSh dollarigacha pullarini firibgarlik bilan qo‘lga kiritib, o‘zaro taqsimlab, o‘z ehtiyojlariga sarflagan.

Fuqaro K.Olimjonov arizasi asosida Farg‘ona viloyat IIB tomonidan o‘tkazilgan tadbirda, D.Nosirjonov Farg‘ona shahar markazida yana 500 AQSh dollarini olayotgan vaqtida ushlangan.

Bundan tashqari, jinoiy guruh a'zolari fuqarolarga Farg‘ona shahridan uy, Quva tumanidan yer sotib olib berishi mumkinligini aytib aldagan fuqarolar ham huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan. Shundan so‘ng bu boradagi tekshiruv va surishtiruvlar boshlandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat Yozyovon tuman sudi tomonidan Sh.Eldoshova, L.Ma'dieva, N.Arslonovaga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168- va 211-moddalari bilan 5 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. D.Nosirjonov esa uch yil to‘rt oy ozodlikni cheklash jazosiga hukm etildi. Sud M.Xolmamatova, I.Mo‘minova, R.Mahmudovga Jinoyat Kodeksining 168-modda va 211-moddalari bilan 5 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanib, uch yil sinov muddati bilan shartli hukm qilindi.

Jabrlanuvchilar bilmaydiki, o‘qish yoki ishga kiritib qo‘yish uchun pora tariqasida pul berish, pora olish-berishda vositachilik qilish, ya'ni Jinoyat kodeksining 211-moddalari bilan javobgarlikka tortiladi. Ular jabrlanuvchilar sifatida e'tirof etilmaydi va pora tariqasida berilgan qimmatliklarni qaytarib berilishini talab qilish huquqiga ega emas.

Bu jarayonda pora olgangina jinoyatchi emas. Uni berganda ayb ko‘proq. Shu haqiqatni anglab yetmayotgan kimsalar shu illatning qozonini qaynashi uchun o‘t yoqmoqda.

Bekzod Haydarov,

Jinoyat ishlari bo‘yicha

Yozyovon tuman sudi raisi

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech