09 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3,4 °C

Xavfsizlik
18 Noyabr  2019 460

Firibgar “lizingchilar”ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angren shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.U.G.” MChJ  ta'sischisi Sh.O. va rahbari I.F.lar oldindan til biriktirib firibgarlik qilganligi aniqlandi, deb xabar qiladi bosh prokuratura matbuot xizmati.

Ular respublikamizda ishlab chiqarilgan avtomashinalarni kredit va lizing shartnomalari asosida olib berish haqida fuqarolarni aldab, ishonchini suiiste'mol qilib, 61 nafar fuqarolarning 1,2 mlrd. so‘m pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari ma'lum bo‘ldi.

Shuningdek, tekshiruvda Sh.O. va I.F.lar faoliyati davomida, Sh.O.ning turmush o‘rtog‘ining nomiga “Lasetti”, “Cobalt”, “Nexia-3”, “Spark” va “Damas” rusumli jami 13 ta avtomashinalarni xarid qilib, jinoiy yo‘l bilan topilgan daromadlarini legallashtirganliklari fosh etilgan.

Mazkur holat yuzasidan, “A.U.G.” MChJ ta'sischisi Sh.O. va rahbari I.F.larga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech