16 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -3,6 °C

Urbanizatsiya
1 Noyabr  2018 2595

Toshkentda osmono‘par binolar?!

2021-yilning oxiriga qadar «Tashkent City» hududida mamlakatdagi eng yirik moliyaviy markaz paydo bo‘ladi. Bu yerda «Asaka», «Aloqa» va «O‘zsanoatqurilishbank» kabi O‘zbekistondagi yetakchi bank muassasalarining bosh ofislari joylashadi, deya xabar beradi Xalqaro savdo markazi (XSM) direksiyasi matbuot xizmati.

Ushbu moliyaviy muassasalarning sarmoyadori ham Janubiy Koreyaning «Bomi Engineering & Construction Co Ltd» ixtisoslashtirilgan qurilish kompaniyasi 6-lotning sarmoyadorlari hisoblanishadi. Nyu-Yorkning Uoll-stritiga muqobil tarzda poytaxtimizda quriladigan ushbu binolarning balandligi, 26,28 va 33 qavat bo‘ladi.

Ko‘mak so‘rab, dunyodagi eng ulkan qurilish tashkilotlari ro‘yxatiga kiruvchi Xitoyning «Shanghai Construction Group» qurilish va injiniring kompaniyasiga murojaat qilindi. Hamkorlik borasidagi dastlabki kelishuvlarga erishilgan va banklarimiz XSM direksiyasiga osmono‘par imoratlarning dizayn-konseptini to‘liq taqdim etdi. Ularning bari yer osti avtoturargohlariga ega bo‘ladi, ofislar esa premium-klass talablariga javob beradi.

Otabek ISKANDAROV

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech