22 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,5 °C

Sport
17 Yanvar  2019 927

Filippin va Yaman ham Osiyo Kubogini tark etdi

“Osiyo Kubogi-2019” guruh bosqichi so‘ngi tur uchrashuvlari davom etmoqda. Kecha  C va D guruhlarida o‘yinlar o‘tkazildi.

Dastlab C guruhi jamoalari maydonga tushishdi. Janubiy Koreya va Xitoy termalari birinchi o‘rin masalasini Abu-Dabi shahrida hal qilishdi. Bu bahsda koreyslar raqiblariga imkon qoldirmadilar. 2:0 hisobidagi g‘alaba va kareyaliklar guruh bosqichini birinchi o‘rin bilan yakunladi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida Qirg‘iziston termasi Filippin bilan bahs yuritdi. Bu o‘yinda qo‘shnilarimiz ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Vitaliy Lyukning xet-trikiga filippinliklar bitta javob qaytarishdi xolos.

Bu natijalardan so‘ng guruhdagi vaziyat quyidagicha: 1. Janubiy Koreya (9 ochko); 2. Xitoy (6); 3. Qirg‘iziston (3); 4. Filippin (0).

“D” guruhi 3-tur doirasida Vetnam – Yaman hamda Eron – Iroq terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.

Vetnamliklar Yamanni 2:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, Eron va Iroq terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin anchayin qiziqarli o‘tgan bo‘lsada darvozalarga to‘p kiritilmadi. Guruhdagi holat esa quyidagicha tus oldi, Eron (7 ochko bilan) birinchi, Iroq (7) ikkinchi, Vetnam (3) uchinchi va Yaman (0) to‘rtinchi o‘ringa joylashgan.

Bugungi o‘yinlar:

       F gurhi;                                            o‘yin vaqti;

Ummon – Turkmaniston                          18:30

Yaponiya – O‘zbekiston                          18:30

     E guruhi;                                            o‘yin vaqti;

Saudiya Arabistoni – Qatar                      21:00

Livan – KXDR                                        21:00

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech