06 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,2 °C

Ta'lim
18 Aprel  2020 1028

Filial mustaqil institutga aylandi

2020-yil 17-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4681-sonli «Surxondaryo viloyatida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini kengaytirish va yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Termiz davlat universiteti Denov filiali negizida Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tashkil etildi.

Institut yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan davlat oliy ta'lim muassasasi hisoblanib, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tizimiga kiradi.

Institutning ta’lim faoliyati 2020/2021-o‘quv yilidan boshlanadi.

Qarorga ko‘ra, institut professor o‘qituvchilari va xodimlariga mehnatga haq to‘lashda tarif koeffitsientlari va bazaviy lavozim maoshlari 1,5 baravar miqdorda hisoblanadi.

Qaror bilan institut Vasiylik kengashi tarkibi tasdiqlandi.

Samarqand davlat universiteti zimmasiga institutni otaliqqa olish vazifasi yuklandi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech