25 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,6 °C

Mamlakatimizda
3 May  2019 1287

Toshkentda birinchi xalqaro landshaft san’ati festivali boshlandi

3-5-may kunlari Toshkentda yurtimizda landshaft madaniyatini namoyon etuvchi yirik tadbir LANDSHAFT OPEN. UZ birinchi xalqaro landshaft san’ati festivali bo‘lib o‘tadi.

Festival dasturidan landshaft ko‘rgazmasi, gullar festivali, kelinlar sayli, oila bayrami, xalqaro konferensiya, mahorat darslari, shou dastur o‘rin olgan.

3-4-may kunlari oilaviy qadriyatlar ahamiyatini ko‘rsatishga bag‘ishlangan yana bir tadbir bo‘lib o‘tadi. Toshkentdagi kelinlar sayli chin ma'noda oila va go‘zallik bayrami sifatida namoyon bo‘ladi. Bunda 100 nafar go‘zal qizlar shahar markazida to‘y liboslarida to‘planib, musiqa sadolari ostida harakatlanishadi va chiroyli raqs namoyish etishadi.

4-may kuni sayl festivalga kelgan oilalar ishtirokida davom etadi. Oila bayrami – bolalar uchun mahorat darslari, ko‘ngilochar dastur, tanlovlar va boshqa tadbirlarni qamrab olgan.

Shuningdek, 3 kun davomida asosiy maydonda turli tanlovlar tashkil etiladi, o‘zbek estrada yulduzlari ishtirokida konsert dasturlari namoyish qilinadi.

Festivalning barcha tadbirlari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasining orqa tomonida o‘tkaziladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech