20 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6,9 °C

Madaniyat
17 Dekabr  2018 1781

Favqulodda qobiliyat sohibi

Xuddi kelajakni oldindan bilganday qanaqa voqealar muammoga aylanishini, qanday harakatlar rivojlanishga olib kelishini birinchi bo‘lib payqardi...

1928-yil 12-dekabr  qirg‘iz jamoat arbobi, yozuvchi, dramaturg, ko‘plab adabiy mukofotlar sohibi Chingiz Aytmatov tavallud topgan kun. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning «Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90-yilligini keng nishonlash to‘g‘risda»gi qarori doirasida butun mamlakat bo‘ylab ushbu unutilmas sana bilan bog‘liq tadbirlar uyushtirilmoqda.  

Yozuvchini 1957-yilda chop tilgan «Jamila» asari butun dunyoga tanitdi, mashhur qildi. Asar jamoatchilikni shu qadar lol qoldirdiki, o‘quvchilar olamini birgina so‘zi bilan o‘zgartirib yubora oladigan muallif haqidagi mish-mishlar lahzada butun dunyoga tarqaldi. Ta’kidlash joizki, o‘sha yilning o‘zida Lui Aragonning sharofati bilan asar fransuz tilida mutolaa qilina boshlandi. Shundan so‘ng asar birin-ketin jahonning turli tillariga tarjima qilindi.

Chingiz Torequlovich ijodining ixlosmandlari qatorida o‘zbekistonliklar oldingi safda. Muallif murakkab narsalarni ham oddiy tilda bayon qila olardi va o‘quvchi xuddi  eski qadrdoni bilan suhbatlashayotgandek bo‘lardi. Mavzularni tanlaganda  esa doim o‘ta muhim, hayotiy, global mavzularga  e’tibor qaratardi. Xuddi kelajakni oldindan bilganday qanday voqealar ko‘lamdor muammoga aylanishini, qanday harakatlar rivojlanishga olib kelishini birinchi bo‘lib payqardi. Aytmatovning favqulodda qobiliyat sohibi bo‘lgani ham aynan shu bilan izohlansa, ne ajab. Uning asarlari hanuzgacha dolzarbligini yo‘qotmagan.

- Ko‘z o‘ngimizda tarix yuzaga kelyapti, deb dadil aytish mumkin: xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik rishtalari tubdan yangi pog‘onaga ko‘tarilmoqda, - deydi shoir, xizmat ko‘rsatgan madaniyat arbobi, Xalqaro jamoatchilik akademiyasi akademigi, Qirg‘iziston Yozuvchilar milliy uyushmasi raisi o‘rinbosari Tinchtikbek Nurmambetov. - Chingiz Torequlovich bu yo‘nalishda ulkan ishlarni amalga oshirdi. Butun umrini O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi madaniy va ijtimoiy aloqalarni yo‘lga qo‘yishga bag‘ishladi. Lekin ijodiy merosi bizni yanada yaqinlashtirishini, hatto, adibning o‘zi ham tasavvur qilmagan bo‘lsa kerak. O‘zbekistonda yozuvchining 90-yillik tavalludi qanchalik keng nishonlanayotgani guvohi bo‘lib, xalqlarimiz bir-biriga qanchalik yaqin ekani, yurtingizda Chingiz Aytmatov naqadar yuksak  e’zozlanishini anglab etdik.

Poytaxtimizdagi Ch. Aytmatov nomi qo‘yilgan ko‘chada yozuvchi sharafiga Aytmatov barelyefining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Chehrasida fayzli tabassum, qo‘lida kitob, elkasiga kostyum tashlangan. Barelyef ijodkorlari tengsiz, buyuk obraz yaratishga intilmagan, shunchaki, barchaga o‘sha hayotiy, xotirjam va g‘ayratli Chingiz Torequlovichni hadya etgan. 

- Bu juda muhim lahza va o‘ratilgan barelyef - bizning Chingiz Aytmatovga nisbatan chuqur va jiddiy munosabatimizni, hurmatimizni bildiradi, - deydi shoir, tarjimon, adabiyotshunos, O‘zbekiston Yozuvchilar u shmasi ae’zosi Nikolay Il’in. - Ushbu san’at asarida nafaqat yozuvchining tashqi ko‘rinishi, balki uning ulkan ruhi va tafakkuri o‘z aksini topgan. Bunda jahon adabiyoti maydoniga chiqqan osiyolik buyuk muallifga bo‘lgan munosabatimiz, mehrimiz, hurmat-ehtiromimiz mujassam. Uning ijodida buyuk madaniyatlar birlashib ketgan. Uning barelyefi  esa, shunchaki uni eslaydigan joy emas, balki kelgusida ixlosmandlari to‘planadigan va xotira kechalari, teatr tomoshalari hamda mutolaalar o‘tkaziladigan maskanga aylanishi, shubhasiz.

Skiperlar – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid,  Millatlararo munosabatlar va boshqa mamlakatlar bilan do‘stona aloqalar qo‘mitasi rahbari Rustam Qurbonov, yozuvchi hamda shoirlar, Qirg‘iziston delegatsiyasi a’zolari va boshqalar, davlatimiz rahbari qarori ijrosi doirasida mamlakatimizda yil davomida Chingiz Aytmatov xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazib turilganini  e’tirof etishdi. «Chingiz Aytmatov va O‘zbekiston» kitobi va adibning badiiy asarlari to‘plami chop etildi, spektakllar qo‘yildi, doimiy ekspozitsiyalar ochildi. Eng asosiysi, ko‘plab yosh avlod vakillari o‘zlari uchun Chingiz Aytmatov ijodini kashf etdi.

Oldinda hali Chingiz Torequlovichning ijodini ommalashtirishga qaratilgan ko‘plab tadbirlar kutmoqda. Prezidentimizning qarori jarayonni boshlab berdi va u  endi to‘xtamasligi kerak.

Sabina Alimova.

Rashid Galiev olgan surat.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech