18 Fevral 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +1,6 °C

Sport
17 Dekabr  2019 585

Fazliddin G‘oibnazarov raqibini birinchi raunddayoq nakaut qildi

Professional boksning super yengil vazn toifasida ishtirok etayotgan Fazliddin G‘oibnazarov uzoq tanaffusdan so‘ng ringga qaytishini ajoyib g‘alaba bilan nishonladi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri xabar tarqatdi.

Qozog‘istonning Almati shahrida kechgan boks oqshomida u ukrainalik Vladislav Baranovga qarshi ringga chiqib, birinchi raundning 1:24 soniyasi ortda qolganda raqibini texnik nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratdi. Bu natija orqali G‘oibnazarov professional boksdagi g‘alabalari sonini 8taga yetkazib oldi.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi marta u may oyida Maykal Foksga qarshi ringga chiqib, ochkolar hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech