20 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6,9 °C

Sport
16 Yanvar  2019 1588

Fazliddin G‘oibnazarov: «Jangga har tomonlama tayyorman»

Fazliddin G‘oibnazarov 18-yanvar kuni (Toshkentda 19-yanvar ertalab) dominikanlik bokschi Rikardo Garsiyaga qarshi ringga ko‘tariladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

 

Bokschimiz mazkur jang oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Jangga tayyorgarlik yakunlandi. Mashg‘ulotlar yuqori saviyada tashkil etildi. Raqibim kutilmagan vaziyatlarni taqdim etadi, deb o‘ylamayman. O‘zimni juda yaxshi his qilyapman, jarohatim yo‘q. Ertaga vazn o‘lchash marosimi, bir kun o‘tib esa jang. O‘z g‘alabam bilan muxlislarni xursand qilmoqchiman, – dedi Fazliddin.

Ma’lumot uchun, Fazliddin professional ringda 6 marotaba jang qilgan va ularning barchasini o‘z foydasiga hal qilgan (3 ta nokaut). Rikardo Garsiya esa 19 marotaba jang qilib, 14 marotaba g‘alaba qozongan (9 ta nokaut). 4 ta jangda mag‘lub bo‘lgan. Bitta bahsda esa durang qayd etgan.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech