06 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,4 °C

Ta'lim
21 Aprel  2020 1597

«Faxriy murabbiy» ordeni ta’sis etiladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasining «Faxriy murabbiy» ordenini ta’sis etish to‘g‘risida»gi qonuni loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Loyihada «Faxriy murabbiy» ordeni bilan yoshlarni ona Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, yosh iste’dod egalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilimi va qobiliyatlarini yanada rivojlantirish ishlariga munosib hissa qo‘shgan, o‘zining chuqur bilimi va boy tajribasi bilan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish borasida shaxsiy namuna ko‘rsatib kelayotgan davlat va jamiyat oldidagi yuksak xizmatlari bilan alohida e’tibor qozongan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mukofotlanishi belgilangan.

Shuningdek, «Faxriy murabbiy» ordeni bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti yoki esdalik sovg‘alarini olishalari, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlardan foydalanishi qayd etib o‘tilgan.

https://regulation.gov.uz/uz/document/16940 havolasida qonun loyihasi bilan atroflicha tanishish hamda taklif va mulohazalarni qoldirish mumkin, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech